Portugaliyalik futbolchi Premer-ligaga o'tishi mumkin.
"Chelsi" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «ko'klar» bosh murabbiyi Grem Potter Felish bilan ishlashga qarshi emas. Futbolchining o'zi "Atletiko" safini tark etishga tayyor.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" Feliksni ijaraga olishi mumkin, uning shartnomasini kelasi yozda sotib olish imkoniyati mavjud.