Harri Premer-liga rekordlar kitobini qayta yozishda davom etmoqda.
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn " Boxing day" deb nomlangan o'yinlarda APL tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Bu haqda Opta portali xabar bermoqda.
Bir kun avval Keyn Boxing daydagi o'ninchi golini kiritdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u "Liverpul", "Lids" va "Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Robbi Faulerni chetlab o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bugun Keynning goli "Tottenxem"ga Brentford bilan o'ta qiyin derbida durang o'ynashga yordam berdi (2:2).