Yurgen endi chempionlik uchun kurash haqida gapirmaydi.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Premer-ligadagi mavsumning ikkinchi qismidagi asosiy maqsadini e'lon qildi. "Qizillar" birinchi 4talikda yakunlanishi kerak.
“Asosiy maqsadimiz – mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. O'ylaymanki, biz xohlagan narsaga erishish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.
Kuchli 4talikdan joy olamiz deb 100% ayta olmayman, lekin davogarlar qatoridamiz, albatta.
Barcha futbolchilarimiz Chempionlar ligasida o'ynashni xohlashadi. Men ham xuddi shunday fikrdaman”, - dedi Klopp.