Futbolchi Italiya top-klubining short-listida ham bor.
Fabritsio ijtimoiy tarmoqlarda 18 yoshli Ivan Fresneda "Nyukasl", "Borussiya Dortmund" va "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qolganini aytdi. Futbolchi Valyadolid ranglarini himoya qiladi.
18 yoshli ispaniyalik bu mavsumda jamoasi safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Yigitning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining transferi 1 million yevroga baholanmoqda.