Futbolchi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.
Marko Konterio "Tottenxem"ning Adrian Rabyoga qiziqishi haqida gapirdi. Jurnalistning qayd etishicha, futbolchi yozda London klubiga o'tadi.
Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunida Rabyoning turianliklar bilan kelishuvi tugaydi. "Yuventus" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
Avvalroq, Rabyo xizmatiga Angliyaning yana bir klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Gap Londonning “Arsenal” jamoasi haqida ketmoqda.