Kelishuv yopildi, "qizillar" hujum guruhida yangi o'yinchi oladi.
PSV hujumchisi Kodi Gakpo "Liverpul"ga o'tdi. Bu haqda Eyndxoven klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Transfer tafsilotlari oshkor etilmadi. Avvalroq OAV "Liverpul" Gakpo uchun 42 million evro to'lashi haqida yozgan edi.
Ertaga Gakpo Angliyaga jo'nab ketadi. U tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Liverpul" bilan shartnoma imzolaydi.