Kodi "Manchester Yunayted" va "Real"ni ham o'z safida ko'rishni xohlardi.
Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda Kodi Gakponing "Liverpul"ga o'tishiga kim ta'sir qilganini aytdi. Mersisaydliklar bir kun avval vinger transferini elon qilishdi.
Insayderning yozishicha, bu transferga shaxsan Yurgen Klopp qiziqqan. "Qizillar" ustozi va klub rahbariyatiga futbolchini qo'lga kiritishda ta'sir o'tkazgan - nemisga jarohatlar fonida yana bir vinger kerak edi.
Avvalroq Gakpo «Manchester Yunayted» va «Real»ni o'z safida ko'rmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Gollandiyalik futbolchining transferi mersisaydliklarga 42 million yevroga tushdi.