Futbolchiga Portugaliya terma jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Italiya OAVlari "Chikago Fayr" hujumchisi Jon Dyurem Premer-ligaga yo'l olishi mumkinligini aytishdi. Futbolchiga birdaniga uchta Premer-liga klubi qiziqish bildirmoqda.
Gap Brentford, Fulxem va Aston Villa haqida ketmoqda. Bundan tashqari, "Benfika" o'z safida futbolchini ko'rmoqchi. Manbaning qayd etishicha, 19 yoshli hujumchi uchun kurashda Portugaliya klubi ustunlikka ega.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining transferi 6 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning qishigacha amal qiladi.