Neradzurrilar Dumfriesning ketishiga hozirlik ko'rishyaptimi?
"Inter" Myunxenning "Bavariya" klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Nusayr Mazrauini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Mazraui Denzel Dumfriesga muqobil sifatida qaraladi. Ikkinchisi "Inter"ni tark etib, birdaniga uchta klub - "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" da'vogarlik qiladigan APLga o'tishi mumkin.
Qo'shimcha qilamizki, "Inter" hozircha Mazrauining transferi bo'yicha rasmiy so'rovlar bilan chiqmagan.