Fransiyalik yarim himoyachining sog‘lig‘ida muammolar bor.
Nikolo Shiraning fikricha, Ngolo Kantening yuqori saviyadagi faoliyati tugashi mumkin. Futbolchi katta ehtimol bilan yanvarda klubni tark etadi.
Hozircha “Al-Nasr” fransiyalik futbolchiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Yevropa gigantlari Kante endi yuqori saviyada o‘ynay olmaydi, deb qo‘rqishadi. Xususan, “Barselona”ning qiziqishi susaygan.
Kantening "Chelsi" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.