Alvaro APLga qaytadimi?
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata APLga qaytib, "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. “Qizil iblislar” faol ravishda hujum chizig‘ida mustahkamlovchilarni qidirmoqda.
Morata avvalroq Londonning “Chelsi” klubida o‘zini ko‘rsatgan edi.
Mankunianliklar lagerida Alvaro Pirs Morgan bilan bahsli intervyudan so'ng erkin agentga aylangan Krishtianu Ronalduning bevosita o'rnini egallashi mumkin.
Morata bu mavsumda "Atletiko Madrid"da o'ynamoqda.