Futbolchi klubga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda “Vilyarreal” Denis Suaresni sotib olish niyati haqida gapirdi. Futbolchi hozirda "Selta"da o'ynamoqda.
Manbaning qayd etishicha, yarim himoyachi klubga erkin agent sifatida o'tadi. Suaresning qaytishi qishda bo'lishi mumkin, ammo bu "Selta"ga bog'liq.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2015/2016 yilgi mavsumda "Vilyarreal"da o'ynagan. Joriy mavsumda futbolchi o'z klubi safida birorta ham o'yin o'tkazmagan.