Futbolchi chempionatni o'zgartirishga yaqin turibdi.
Milanning “Inter” klubida to‘p surayotgan Milan Skrinyar yozda APLga yo‘l oladi. Bu haqda Italiya OAVlari xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, himoyachiga asosiy davogar Londonning "Arsenal" klubi hisoblanadi. Qayd etish kerakki, OAVda futbolchining xizmatlariga “Tottenxem” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Skrinjar yozda erkin agentga aylanadi. Futbolchining “neradzurrilar” bilan shartnomasi yakuniga etadi.