Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmaydimi?
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinyo "Napoli"ga o'tishga tayyor. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Jorginyoni adzurri muxlislari yaxshi bilishadi. U 2014 yildan 2018 yilgacha "Napoli"da o'ynagan.
Jorjinyoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Hamma narsa yarim himoyachining "Stemford Brij"ni erkin agent maqomida tark etishiga bog'liq.