Ueston A seriyadan Premer-ligaga o'tishi mumkin.
Janluka Di Marsio ijtimoiy tarmoqlarda "Yuventus" Ueston Makkenni uchun qancha pul olmoqchi ekanligini aytdi. U Turintsining transfer faoliyati haqida ham gapirdi.
Manbaga ko'ra, Turintsi Makkenni bilan kamida 40 million yevro evaziga xayrlashishga rozi bo'ladi. Avvalroq futbolchiga APLda to'p surayotgan "Bornmut" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Jurnalist, shuningdek, Turintsi qishda Makkenni Turinni tark etgan taqdirdagina kuchayishi ustida ish olib borishini ham qayd etdi. Futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. U uchta gol urdi.