Karim yoshi katta bo'lishiga qaramay hamon gollar uradi va golli uzatmalarni beradi.
Opta xabariga ko'ra, Karim Benzema 2022 yilda Ispaniya chempionatidagi eng sermahsul futbolchiga aylandi. Bir kun avval fransiyalik futbolchi La Ligada “Valyadolid”ni ikki marta ranjitdi. O'yin 2:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Benzema o'z hisobidan klub turnirlarida 40 ta samarali harakatni qayd etdi. Fransiyalik futbolchi 32 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa Benzema jahon chempionatida barcha futbolchilardan o‘zib ketdi. Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 15 o‘yinidan so‘ng 38 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.