Krishtianu Madrid klubi bazasida shug'ullangan.
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidan so'ng "Qirollik klubi"da mashg'ulot o'tayotib, "Real"dan taklif olishga umid qilgan.
Xabaringiz bor, Ronaldu yaqinda Saudiyaning “An-Nasr” klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Ko'pchilik bu bilan Krishtianuning professional faoliyati rasman yakuniga yetdi, deb hisoblaydi.
Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real"da o'ynagan. U klubga to'rt marta Chempionlar ligasida, shuningdek, La Ligada ikki marta chempion bo'lishiga yordam berdi.