Kilian Lionel Messidan oldinda.
Ispaniyaning mashhur Marca nashri o'tayotgan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish natijalarini e'lon qildi.
130 mingdan ortiq obunachi ishtirok etgan ovoz berish nokaut turnir sxemasi bo'yicha o'tkazildi.
Yakuniy ovoz berishda Kilian Mbappe va Lionel Messi uchrashdi. Fransuz 56 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Uchinchi o'rinda "Real Madrid" hujumchisi va "ZM"ning amaldagi sohibi Karim Benzema bo'ldi. Uchinchi o'rin uchun ovoz berishda u "Man Siti" to'purari Erling Xolandni ortda qoldirdi.