Kataloniyalik Ispaniya chempionatining saralangan yulduzlari klubiga kirdi.
Xordi Alba ayni damda "Barselona" safida La Ligadagi 300-uchrashuvini o'tkazmoqda. Bu muvaffaqiyatga erishgan 12-futbolchi.
Mutlaq rekord Lionel Messiga tegishli. Kuchli uchlikdan Xavi (505 o'yin) va Iniesta (442 o'yin) joy olgan.
“Barselona” ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Espanyol”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golga Alonso mualliflik qildi.