Yarim himoyachi top-klublarga kerak emas.
Insayder Alfredo Pedullaning fikricha, Isko uchun asosiy davogar Salernitana hisoblanadi. A Seriya autsayderi futbolchiga bonuslarni hisobga olmaganda 1,5 million yevro atrofida maosh taklif qilmoqda.
Isko avvalroq “Sevilya”ni tark etgan edi. Futbolchi klubda atigi olti oy o'tkazdi. Bungacha u "Real"da uzoq vaqt o'ynagan.
"Sevilya"da Isko La Liganing o'n to'rtta o'yinida ikkita gol urdi.