Urugvaylik afsona Braziliya chempionatida to'p suradi.
Luis Suares 2022 yilda yangi klub topishga muvaffaq bo'ldi. Hujumchi “Gremio” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Braziliyaliklar kelishuv haqida rasman e'lon qilishdi. Suares jamoada eng ko'p maosh oluvchi futbolchi sifatida o'ynaydi. Shartnoma bir mavsumga tuzilgan.
Dekabrgacha urugvaylik futbolchi "Nasonal"da o'ynadi. Jahon chempionatida ham o'ynashga muvaffaq bo'ldi.