“Ko‘k-anorranglilar” himoya chizig‘ini kuchaytirmoqda.
"Monako" markaziy himoyachisi Benua Badiashile "Chelsi"ga o'tadi. Bu haqda The Athletic nashrining Britaniya bo'limi xabar bermoqda.
Transfer allaqachon kelishilgan. «Chelsi» Badiashile uchun taxminan 38 million yevro to‘laydi.
Shuningdek, futbolchining o'zi allaqachon "ko'klar" bilan shartnoma borasida kelishib olgani malum. Yaqin orada u G'arbiy London jamoasi joylashgan joyda tibbiy ko'rikdan o'tadi.