Braziliyalik futbolchi yana Premer-ligada ko'rishni istamoqda.
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Rafinya Premer-ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" Rafinyani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Rafinya 2022 yilning yozida "Barsa"ga o'tgan edi. "Kamp Nou" jamoasi uning "Lids"ga transferi uchun 58 million evro to'lagan.
"Barselona"da Rafinya 19 ta o'yin o'tkazib, shaxsiy hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.