Qaymoqlilar himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.
MediaFoot nashri "Real Madrid" Ibrohim Konateni sotib olish niyati haqida yozdi. Himoyachi endi Liverpul ranglarini himoya qilmoqda.
Futbolchining transferiga shaxsan Karlo Anchelotti qiziqmoqda. Murabbiy futbolchining jahon chempionatidagi o‘yinidan qoyil qolgan va fransiyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Konatening transferi 35 million yevroga baholanmoqda. Futbolchi 2021 yildan beri "Liverpul" safini himoya qilib kelmoqda.