Rossonerilar hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida.
Italiya matbuoti "Milan" Folarin Balogunni sotib olmoqchiligi haqida xabar tarqatdi. Hujumchi "Arsenal"ga tegishli, ammo "Reyms"da ijara asosida o'ynaydi.
Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi jamoani tark etmoqchi. Balogun "kanonirlar" lagerida asosiy bo'lib qolmadi.
Joriy mavsumda futbolchi 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U “Reyms” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.