Xorvatiyalik himoyachi Frantsiyaga yo'l oldi.
Deyan Lovren "Zenit"ni tark etadi. Klub legioner bilan rasman xayrlashdi.
Lovren 2020 yildan beri Rossiya chempioni safida to'p surmoqda. U klub safida barcha musobaqalarda 63 ta o‘yinda maydonga tushgan. Lovren "Zenit" bilan to'rtta sovringa ega.
"Lion" allaqachon futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilgan. Xorvatiyalik futbolchi Angliyaga ko'chib o'tgunga qadar ushbu klubda o'ynagan.