“Qizillar” himoyani kuchaytirmoqchi.
"Napoli" markaziy himoyachisi Kim Min Chje "Liverpul"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
"Liverpul" koreyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Biroq hozircha transfer bo‘yicha rasmiy so‘rovlar kelib tushmagan.
Bugun "Liverpul" Virjil van Deykni jarohati tufayli yo'qotgani ma'lum bo'ldi. “Qizillar”ning eng yaxshi himoyachisi fevralgacha maydonga qaytishi kutilmaydi.