"Blankos" kelajak uchun harakat qilmoqda.
"Valyadolid"ning 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda "Real"ning nishoniga tushdi. Bunday ma'lumotlar Relevo resursi tomonidan tarqatiladi.
Transfermarkt portali Ivanni bugungi kunda kulgili pulga baholamoqda - 1 million yevro.
"Real Madrid"dan tashqari boshqa klublar ham Fresneda rivojlanishini kuzatishmoqda. "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya" klublari yosh futbolchini transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda.