Robert Xavi Ernandes jamoasida o'ynamaydi.
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski “Atletiko”ga qarshi La Liganing navbatdagi turida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Bugun ma'muriy sport sudi Levandovskini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Polyak La Liganing uchta o'yinini o'tkazib yuboradi.
Robert o'tmishdagi gunohlari uchun jazolandi. 14-tur doirasidagi “Osasuna”ga qarshi o‘yinda (2:1) Levandovski nafaqat qizil kartochka oldi, balki uchrashuv hakamiga nisbatan behayo ishora ham ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
"Atletiko Madrid" - "Barselona" uchrashuvi 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.