Parijliklar ham kelajak uchun harakat qilishmoqda.
Fransiyaning PSJ klubi 18 yoshli yarim himoyachi Ayman Kari bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bu Karining professional faoliyatidagi ilk professional shartnomadir. U Parij klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Aymanning Fransiya chempioni bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
PSJ hozirda Liga 1da peshqadam.