"shporlar" yangi darvozabon topdi.
"Everton" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Pikford Ugo Lorisning o'rnini egallashi kerak. Ikkinchisi katta ehtimol bilan 2022/2023 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin Fransiyaga qaytadi.
Qo'shimcha qilamizki, "Tottenxem" Pikfordni sotib olmoqchi bo'lgan yagona London klubi emas. "Chelsi" ham Toffee posbonini qidirmoqda.