Xavi kutilmaganda Levandovski o'rniga o'rinbosar oldi.
Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida “Atletiko” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi. Diego Simeone ilk daqiqalardanoq yosh yarim himoyachi Barriosni maydonga tushirdi. Kataloniyaliklarda Levandovski o'rniga yosh Fati bo'ladi.
Atletiko: Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Mandava, Karrasko, Barrios, Koke, Llorente, Grizmann, Feliks.
Barselona: Ter Shtegen, Kunde, Arauxo, Kristensen, Balde, De Yong, Buskets, Gavi, Fati, Dembele, Pedri.
"Barselona" g'alaba qozonsa, "Real"dan 3 ochko oldinda bo'ladi. "Atletiko" ayni damda turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.