Ruslan faoliyatida yangi sahifa ochdi.
Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy Fransiyaning “Marsel” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda Marsel matbuot xizmati xabar berdi.
Ruslan yaqin-yaqingacha Italiyaning “Atalanta” klubi manfaati uchun ishlagan. Bergamasklar bu transferda taxminan 15 million yevro ishlab olishadi, shundan 10 tasi "toza".
29 yoshli Malinovskiy 2019 yilning yozidan buyon Jan Pyero Gasperini boshchiligidagi “Atalanta”da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda Ruslan bergamaskliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta samarali o‘yin qayd etgan.