“Matraschilar” Feliksga o‘rinbosar qidirmoqda.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnacho Madridning "Atletiko" klubiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.
Biroq o'tmishda "Atletiko" tizimida ishlagan futbolchini qaytarish "matraschilar" uchun oson bo'lmaydi. "Manchester Yunayted" nafaqat Garnachoni sotmoqchi emas, balki uning shartnomasini uzaytirmoqchi.
2022/2023 yilgi mavsumda Garnacho Premer-ligada 6 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va bitta golli uzatma bor.