Diego Madrid klubi boshqaruvida charchaganmi?
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda El Chiringuito portali xabar bermoqda.
Simeone 2011 yildan buyon Madridning “Atletiko” klubini boshqarib kelmoqda.
Bu davrda argentinalik murabbiy “matraschilar”ga Ispaniya chempionligi (ikki marta), Ispaniya kubogi, Ispaniya Superkubogi, Yevropa ligasi (ikki marta), UEFA Superkubogi (ikki marta)da g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Shuningdek, Diego “Atletiko”ni ikki marta Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.