"Kanonirlar" himoya chizig'iga futbolchi qidirmoqda.
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya APLga qaytishi mumkin. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Garsiyani sotib olmoqchi. Avvalroq Erik «Manchester Siti» tarkibida Angliya premer-ligasida o'ynagan. O'shanda Arteta "shaharliklar"ning murabbiylar shtabida ishlagan.
Erik Garsiya bu mavsumda La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning oldida bitta maqsad bor.