Kolchoneros yangi hujumchi qidirmoqda.
"Atletiko" "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bunday ma'lumotlar bilan mashhur jurnalist Fabritsio Romano o'rtoqlashmoqda.
Depay "Atletiko"da Joau Feliksning o'rnini egallashi mumkin. Ikkinchisi, eslaymizki, Londonning "Chelsi"siga ijaraga yuborilgan.
Depayning "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Memfis hozir “Kamp Nou”ni tark etishga qarshi emas.