Maurisio Londonga qaytishni kutmoqda.
Britaniya OAVlari Maurisio Pochettinoning Premer-ligaga qaytish niyati haqida gapirmoqda. Manbaga ko'ra, argentinalik murabbiy "Chelsi"ga o'tishga tayyor.
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi agar jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Gramm Potter ishdan bo'shatilgan taqdirda "ko'k" lagerga o'tishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, sobiq ustozi Potter qo‘l ostida “ko‘klar” 25 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Pochettino «PSJ»da 2022 yilning iyuligacha ishlagan. Hozir Maurisio ishsiz maqomida.