“Qizil iblislar”ni jiddiy sinov kutib turibdi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xaag "Manchester Siti" bilan bo'lajak uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Jang oliy liganing 20-turi doirasida shanba kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tadi.
"Man Siti" - eng qiyin raqib, lekin menimcha, mening jamoam har qanday raqibga qarshi tura oladi.
Biz o'zimizning eng yaxshi fazilatlarimizni namoyish etishimiz, qobiliyatlarimiz cho'qqisida o'ynashimiz kerak. Shunda "Siti"ga qarshi derbida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Agar biz birinchi davradagidek o‘ynasak, u qadar kuchli raqibni mag‘lub eta olmaymiz”, — dedi Ten Xaag.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Man Siti" "Manchester Yunayted"ni 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Uchrashuv davomida “qizil iblislar” beshta to‘p farqi bilan “yoqishdi”.