U Argentinaning jahon chempionatiga da'vogarida edi.
"Lester Siti" "Fiorentina" va Argentina vingeri Niko Gonsales haqida so'rov o'tkazdi.
Manbaga ko'ra, "Fiorentina" yanvar oyida Gonsales bo'yicha takliflarga ochiq va Nikoni 30 million funtga baholamoqda.
Gonsales odatda chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi, lekin ayni paytda o'ng qanotda va hatto markaziy hujumchi sifatida ham o'ynashga qodir.
Gonsales dastlab Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun Argentina terma jamoasiga kiritilgan edi, biroq turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida jarohati tufayli o'z o'rnini berishga majbur bo'ldi.