“Matraschi” futbolchi ham jazolandi.
"Atletiko" markaziy himoyachisi Stefan Savich va "Barselona" vingeri Ferran Torres ikkita o'yindan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
"Atletiko" - "Barselona" o'yini oxirida Savich va Torres mushtlashgan. Eslatib o'tamiz, uchrashuv kataloniyaliklar foydasiga hal bo'lgandi - 1:0.
Qayd etilishicha, Torres va Savichning diskvalifikatsiyasi faqat Ispaniya La ligasi o'yinlariga tegishli.