Portugaliyaliklar yangi jamoa topdilar.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks “Chelsi”ga o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijara haqida ketmoqda. Londonga o'tishdan oldin Feliks "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.
"Chelsi" futboldagi eng buyuk klublardan biri va men ularga o'z maqsadlariga erishishda yordam bermoqchiman. Men bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan xursandman. "Stemford Brij"da o'ynashni intiqlik bilan kutaman», - deya Feliks so'zlarini keltirmoqda «ko'klar» matbuot xizmati.