Pep jamoasi uchun eng katta muammo emas.
“Manchester Siti” Angliya liga kubogidan chiqib ketdi. Xosep Gvardiola shogirdlari musobaqaning chorak finalida “Sautgempton”ga imkoniyatni boy berishdi. “Soton” maqomli raqib darvozasiga ikki bor zarba berdi.
Har ikki gol ham "avliyolar" birinchi bo'limda kiritildi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Lanso Silveyraning pasidan keyin Seku Mara, 28-daqiqada Mussa Jenepo gol urdi. Romeo Lavila bu safar yordamchi sifatida harakat qildi.
Avvalroq, Angliya Liga kubogi yarim finaliga “Nyukasl Yunayted”, Erik ten Xaagning “Manchester Yunayted” va “Nottingem Forest” klublari yo‘l olgandi.
"SAUTGEMPTON" - "Manchester Siti" 2:0 (2:0)
Gollar: Mara, 23 (1:0); Jenepo, 28 (2:0).