Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi.
Madridning “Real” klubi futbolchisi Marko Asensio Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Valensiya” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. "Real Madrid" penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
“Bu murakkab edi. Har ikki jamoada ham ritm etishmadi. Bizga qiyin bo'ldi, lekin biz finaldamiz va bu eng muhimi.
Ikkinchi bo'limda erta kiritilgan gol hammasini barbod qildi. "Valensiya" ham ajoyib o'yin ko'rsatdi va buni tan olishimiz kerak.
Penaltidan qutulish uchun gol urmoqchi edik, ammo to‘p darvozaga kirmadi. Biz baxtlimiz, o'zimiz xohlagan joydamiz, aniqrog'i finaldamiz”, - deydi Asensio.