Turintsi chempionni Italiya kubogidan chiqarib yubordi.
«Torino» bosh murabbiyi Ivan Yurich kubokda «Milan» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
“Barchamiz juda xursandmiz, bu Prezident, muxlislar va barcha uchun ajoyib oqshom. “Milan” bilan 11-11-da teng kurash olib bordik. Jamoamiz 10 kishiga qisqarganidan keyin ham biz tartibli va diqqatimizni jamlagan edik.
Qizil kartochkagacha Toro vaziyatlar yaratdi, “Milan” bilan bir saviyada o‘ynadi va menimcha, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shu bilan birga qizil kartochka nohaq ko'rsatildi deb o'ylayman.
Kalyulu, Tomori va Gabbiya kabi kuchli himoyachilarga qarshi to‘pni yaxshi harakatlantirdik. Bu oson emas edi. To‘g‘ri, oxirgi uchdan birida ko‘proq narsa qilishimiz mumkin edi, lekin umuman olganda, biz juda tajovuzkor jamoaga qarshi yaxshi kurashdik”, dedi Ivan.