“Bolg'achilar” futbolchini kelajak uchun olishga tayyor.
OAV "Vest Xem" Formoza Mendini nishonga olgani haqida xabar tarqatdi. Himoyachi Fransiya 2-ligasining “Amyen” jamoasida o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli senegallik futbolchi 2,5 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda senegallik futbolchi jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bitta gol urdi.