Futbolchi ispan klubida asosiy emas.
Reuters agentligi "Vulverxempton"ning Felipe bilan shartnoma imzolash niyati haqida yozmoqda. Futbolchi endi Atletiko Madrid ranglarini himoya qilmoqda.
33 yoshli braziliyalikning transferi 3 million yevroga baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, himoyachining “matraschilar” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Felipe "matraschilar"da bor yo'g'i uchta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi samarali harakatlarini ko'rsata olmadi.