Kataloniya klubi safida bor-yo'g'i ikki futbolchi ko'proq o'yin o'tkazgan.
Qirollik Superkubogida "Betis" bilan yarim final bahsi Serxio Buskets uchun o'zgacha. Futbolchi o'z jamoasi uchun faoliyatidagi 700-uchrashuvini nishonlamoqda.
Buskets bu ko'rsatkichga erishgan "Barselona" tarixidagi uchinchi futbolchi bo'ldi. Serxio hamon Xavi (767 o'yin) va Lionel Messidan (778 uchrashuv) oldinda.
Buskets hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Faxriy yozda klubni tark etishi mumkin.