“Ko‘k-anorranglilar” londonlik vatandoshlariga dosh bera olishmadi.
Bir kun avval, 12 yanvar kuni “Chelsi” APLning qoldirilgan 7-tur uchrashuvida “Fulxem”ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 2:1 hisobida “dachaliklar” foydasiga hal bo'ldi.
Shu tariqa, ko‘k-anorranglilar 2006 yildan beri ilk bor londonlik hamyurtlariga mag‘lub bo‘lishdi. O'shandan beri jamoalar 21 marta to'qnash kelishgan, ularning 13tasida "aristokratlar" g'alaba qozongan bo'lsa, sakkizta o'yinda jamoalar durang qayd etgan.
E'tibor bering, joriy mavsum ko'k-anorranglilar uchun yomon o'tmoqda. Potter shogirdlari 25 ochko jamg'arib, Premer-ligada 10-o'rinda bormoqda.