Ro'yxatda Gvardiol, Bellingem va Fati bor edi.
IFFHS 2022 yilning (20 yoshgacha) eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzdi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi ro‘yxatga Jud Bellingem, Ansu Fati va Joshko Gvardiolani kiritdi.
Darvozabon: Gavin Bazunu (Irlandiya Respublikasi, Sautgempton)
Himoyachilar: Nuno Mendes (Portugaliya, PSJ), Joshko Gvardiol (Xorvatiya, RB Leyptsig), Pyero Inkapi (Ekvador, Bayer Leverkuzen).
Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinga (Frantsiya, "Real"), Gavi (Ispaniya, "Barselona"), Jude Bellingem (Angliya, "Borussiya Dortmund"), Pedri (Ispaniya, "Barselona").
Hujumchilar: Karim Adeyemi (Germaniya, Dortmund, "Borussiya"), Jamol Musiala (Germaniya, "Bavariya"), Ansu Fati (Ispaniya, "Barselona").